Ellen Molloy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ellen Molloy
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-iyun 2004-yil (2004-06-05) (19 yosh)
Tavallud joyi Kilkenny, Irlandiya[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wexford Youths
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Thomastown United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019— Wexford Youths
Milliy terma jamoa
2020— Irlandiya 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 6-sentyabr uchun)

Ellen Molloy (2004-yil 5-iyunda tugʻilgan) — irlandiyalik futbolchi, Ayollar milliy ligasining (WNL) Wexford Youths va Irlandiya Respublikasi ayollar terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Molloy yoshlar futbolidagi faoliyatida Thomastown United va Kilkennydagi Presentation oʻrta maktabida muvaffaqiyat qozondi[2][3]. 2019-yil iyul oyida WNLning amaldagi chempioni Wexford Youths jamoasiga o‘tganida ham u istiqbol oʻyinchi sifatida ko‘rilgan edi[4].

Molloy Ayollar milliy ligasining kechiktirilgan 2020-yilgi mavsumining birinchi kunida Wexford Youths safida debyut qildi, Bohemiansga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi[5].Molloy 2020-yil avgust oyida WNL oyining eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi va Wexford Youths murabbiyi Tom Elmes tomonidan maqtovga sazovor bo‘ldi: „ U koʻp qirrali va turli xil rollarda oʻynashi mumkin. Biz uchun juda yaxshi ish qildi“[6].

2020-yil sentyabr oyida Molloy ikkita gol urdi, Wexford Youths chempion — Peamount United ustidan gʻalaba qozondi[7]. U yana ikkita gol, jumladan, 2020-yil 31-oktabrda Galwayga qarshi o‘yinda „mavsumning eng yaxshi goli“ni urdi[8]. 2020-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan WNL mukofotlarida Molloy mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi va mavsum jamoasiga kiritildi[9].

Molloyning ajoyib formasi bilan Ayollar milliy ligasining 2021-yilgi mavsumida davom etdi. 2021-yilgi FAI ayollar kubogi finalida Wexford Youths Shelbourneni 3:1 hisobida magʻlub etganida oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[10]. Molloy 2021-yilgi WNL mukofotlarida mavsum jamoasidagi oʻrnini saqlab qoldi[11].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Molloy 2020-yil fevral oyida Irlandiya Respublikasining 17 yoshgacha bo‘lgan futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi uchun Islandiyaga qarshi o‘yinda gol urdi va bu gol ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng omma eʼtiborini qozonildi[12]. Keyinchalik bu zarba FAI xalqaro futbol mukofotlarida yilning eng yaxshi terma jamoadagi gol deb topildi va Molloy birinchi ayol gʻolibga aylandi[13].

2021-yil sentabrida Molloy Irlandiya Respublikasining 19 yoshgacha bo‘lgan ayollar milliy terma jamoasi safida debyut qildi va Portugaliyada Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) gol urdi[14].

Kattalar safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Irlandiya terma jamoasining katta murabbiyi Vera Pauw Molloyni ilk bor 2020-yil 28-avgustda, 2020-yil 19-sentabrda Germaniyaga qarshi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 saralash oʻyiniga chaqirdi[15]. Molloy terma jamoadagi debyutini 2020-yil 23-oktabr kuni Irlandiyaning navbatdagi o‘yinida, Ukrainaga qarshi Kiyevda o‘tkazdi[16]. Molloy 86-daqiqada Harriet Scottning oʻrniga maydonga tushgandi[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hannigan, Mary. „Girls in green: meet the Irish women's soccer team“. The Irish Times (2020-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  2. „Spotlight - Ellen Molloy“. Women's National League (Ireland) (2020-yil 8-iyun). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  3. O'Keeffe, Shane. „Presentation Kilkenny's Ellen Molloy has been nominated for FAI award“. KCLR 96FM (2020-yil 20-iyul). Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  4. McGuire, Ken. „Wexford Youths WFC announce signing of Kilkenny's Ellen Molloy“. KCLR 96FM (2019-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  5. „A Special Talent - Ellen Molloy“. Women's National League (Ireland) (2020-yil 11-avgust). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  6. „Wexford Youths' Ellen Molloy wins WNL Player of Month gong for August“. RTÉ Sport (2020-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  7. „Wexford Youths inflict first defeat of the season on champions Peamount“. RTÉ Sport (2020-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
  8. „WNL wrap: Ellen Molloy hits goal of the season contender; Maria O'Sullivan sent off in Cork City loss“. Irish Examiner (2020-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
  9. Duffy, Emma. „Peamount stalwart and Wexford teenage sensation win big at end-of-season awards“. The42.ie. TheJournal.ie (2020-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.
  10. Duffy, Emma. „'What's there to say? The kid is just unbelievable'“. The42.ie. TheJournal.ie (2021-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  11. Healy, Martin. „Wexford Youths dominate in 2021 SSE Airtricity Women’s National League Team of the Season“. Extra.ie. DMG Media (2021-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  12. Whelan, Nathan. „Watch: Ireland U17 star Ellen Molloy scores glorious solo goal“. Extra.ie (2020-yil 16-fevral). Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
  13. „The Ice queen! Kilkenny goal hero Ellen Molloy nets another international award“. Kilkenny People (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
  14. „Ireland U19s suffer defeat despite Ellen Molloy wonder goal“. Irish Examiner (2021-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
  15. „WNT Squad selected for Germany test“. Football Association of Ireland (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-avgust.
  16. Cribben, Robert. „16 year old Ellen Molloy debuts as Republic of Ireland fall to Ukraine in European Championship Qualifier“. Kilkenny People (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  17. „Ukraine 1-0 Republic of Ireland“. UEFA (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.