Elizabeta Ejupi
Elizabeta „Liz“ Ejupi (1994-yil 21-aprelda tugʻilgan) — Angliyaning Durham jamoasida hujumchi sifatida faoliyat yuritadi. U ilgari Charlton Athletic (ikki marta), Nottingem Forest, Notts County, Aston Villa va London City Lionesses klublarida toʻp surgan.
Kosovoda tugʻilgan va Angliyada oʻsgan, u yoshligida Angliyani va Albaniyani oʻsmirlik davrida xalqaro miqyosda himoya qilgan, 2021-yilda Kosovo terma jamoasiga oʻtishi hujjatlar bilan bogʻliq muammolar tufayli kechiktirilgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]London City Lionesses
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 18-avgust kuni Angliya chempionatining London City Lionesses klubi 2019-20-yilgi mavsum uchun tarkib roʻyxatini eʼlon qildi va Ejupi ham chaqiruv olgan. Oʻsha kuni u asosiy tarkibda qayd etilganidan soʻng London Beesga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda debyut qildi[1].
Durham
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 23-iyulda Ejupi Angliya chempionatining Durham klubi bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi[2]. 2021-yilning 29-avgustida u asosiy tarkibdan joy olganidan keyin "Uotford "ga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qilgan[3].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angliya U15 va Albaniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda Ejupi Angliya U15 jamoasining bir qismiga aylandi va u Germaniya U15 termasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2011-yil 5-noyabrda u Makedoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Albaniyadan birinchi marta xalqaro chaqiruv olgan[4]. Asosiy tarkibda qayd etilganidan soʻng milliy termadagi ikkinchi xalqaro oʻyinda debyut qilgan[5].
Kosovo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 11-iyun kuni Ejupi Kosovodan Xayvaliyadagi toʻrt kunlik yigʻinga chaqiruv olgan[6]. U 2021-yil sentyabr oyida Kosovodan 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Albaniya va Norvegiyaga qarshi oʻyinga chaqirilishi rejalashtirilgan edi, biroq hujjatlar bilan bogʻliq muammolar, xususan, pasporti yoʻqligi sababli terma jamoa tarkibiga chaqirilmagan[7]. Uning Kosovo terma jamoasidagi debyuti 2022-yil 12-aprelda 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Belgiyaga qarshi kechgan oʻyinda Argnesa Rexepi oʻrniga 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushishi orqali amalga oshirilgan[8].
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ejupi hali uch yoshligidayoq ota-onasi va akasi bilan Kosovo urushi tufayli Londonga qochqin sifatida koʻchob oʻtishgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „London Bees 0–2 London City Lionesses“. Women's Leagues and Competitions – The FA (18-avgust 2019-yil).
- ↑ „SIGNING: Liz Ejupi Joins Durham“. Durham W.F.C. (23-iyul 2021-yil).
- ↑ „REPORT: Durham 2–1 Watford“. Durham W.F.C. (29-avgust 2021-yil).
- ↑ „Albania Call-Up For Liz“. Charlton Athletic (5-noyabr 2011-yil). 18-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Winning International debut for Liz“. Charlton Athletic (10-noyabr 2011-yil). 18-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kombëtarja e femrave në kamp përgatitor“ (Albanian). Football Federation of Kosovo (11-iyun 2021-yil).
- ↑ „Kosova nis kualifikimet për Botëror me ndeshjen emocionale ndaj Shqipërisë“ (Albanian). Koha Ditore (10-sentabr 2021-yil).
- ↑ „Kosovo vs. Belgium 1–6“. Soccerway. Qaraldi: 12-aprel 2022-yil.
- ↑ Katie Whyatt. „'There were massacres, killings – we left to survive': Refugee Elizabeta Ejupi on fleeing Kosovo and new life in England“. The Telegraph (13-oktabr 2018-yil).