Elias Magnus Fris
Elias Magnus Fries | |
---|---|
Tavalludi |
15-avgust 1794-yil |
Vafoti |
8-fevral 1878-yil (83 yoshda) Upsala Shvetsiya |
Kasbi | shved botaniki va mikologi |
Elias Magnus Fries[1] (shvedcha Elias Magnus Fris, 1794 - 1878) — shved botaniki va mikologi, „mikologiyaning otasi“sanaladi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fris Elias Magnus ruhoniylar oilasida dunyoga keladi.
Oliy ma’lumotni u Lundda olgan; 1814-yilda u norasmiy-dosent unvonini oladi.
1834-yilda u allaqachon Upsala universitetida amaliy iqtisodiyot professori boʻlgan va 1851-yilda botanika professori va oʻsha universitetning muzeyi va botanika bogʻi direktori oʻrnini egallaydi.
1859-yildan to vafotigacha Uppsalda yashaydi[2].
Fris botanikaning barcha sohalarida faoliyat yuritgan; u birinchi marta Shvesiyada oʻsimliklarning morfologiyani oʻrganishni va tabiiy tasnifini kiritadi. Uning „Systema orbis vege tabilis“ (Lund, 1825) asari oʻsha davrning klassik asaridir.
Fris lishayniklar boʻyicha „Lichenographia Europaea reformata“ (Lund i Greyfsvald, 1831); «Lichenes Suecciae eksiccati» (Lund, 1824—1833-yillarda) nomli kitoblarini chop etadi.
Taniqli olim Fris ayniqsa, mikologiya sohasidagi ishlari bilan mashhur, u zamburugʻlar taksonomiyasining asoschilaridan biridir. Uning birinchi mikologik asari "Observationes Mycologicae” (Kopengagen, 1815—1818; 2-nashri, 1828), lekin eng qimmatbahosi — bu «Systema Mycologicum» (Lund i Greyfsvald, 1821—1830-yillarda; “Mikologiya tizimi”) — uning nashr etilgan sanasi zamburugʻlarning aksariyat guruhlari uchun nomenklaturaning boshlangʻich nuqtasidir. (xuddi K.Linneyning Species Plantarum, keyingisi "Elenchus Fungorum" (Greyfsvald, 1828); "Novae Symbolae Mycologicae" (1851); "Icones selectae Hymenomycetum nondum delineatorum" (1867—1875-yillarda) nashr etilgan sanasi qon tomir oʻsimliklar nomenklaturasining boshlanish sanasi hisoblanadi.
Skandinaviya oʻsimlikshunosligini oʻrganishda quyidagi: “Flora hallandica”[1] (Lund, 1817); "Novitiae florae Suecciae" (Lund, 1828); "Flora Scanica" (Uppsal, 1836); (Stokgolm va Leypsig, 1846-1848), shuningdek, "Herbarium normale" (Uppsala, 1896), eng noyob Skandinaviya oʻsimliklarining namunalarini oʻz ichiga olgan.
Koʻp sonli „Symbolae ad historiam Hieraciarum“ (Uppsal, 1848); „Monographia Hymenomycetarum Suecciae“ (Uppsal, 1857—1863-yillarda); „Sveriges öltiga ochgiftiga Svanipar“ (Stokgolm, 1860) nomli qoʻllanmalari orasida diqqat-e’tiborga sazovor.
Fris lotin tilida yaxshi notiq va mutaxassis sifatida tanilgan. 1847-yilda u oʻn sakkizta shved akademiklari orasidan tanlab olinadi.
1850-yilda Fris Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy muxbir a’zosi etib tayinlanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ В русскоязычной литературе часто встречается написание фамилии как «Фриз».
- ↑ Фриз, Элиас // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907..
- ↑ Elias Magnus Fris — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fris, Elias Magnus — Buyuk Sovet Ensiklopediyasidan maqola.
- Friz, Elias // Brockhaus va Efronning entsiklopedik lugʻati: 86 jildda (82 jild va 4 ta qoʻshimcha). - Sankt-Peterburg, 1890-1907.