Elektroskop
Elektroskop (elektr... va ... skopiya) — elektr zaryadlarni sezadigan va ularning kattaliklarini taxminan aniqlaydigan oddiy asbob. E. bir uchiga 2 ta metall yaproqcha sharcha mahkamlangan sterjendan iborat. Sterjen shisha idish ichiga joylashtirilib, izolyatsiyalovchi materialdan tayyorlangan tiqin yordamida mahkamlangan. Sharchaga zaryadlangan jism tekkanda zaryadning bir qismi yaproqchalarga oʻtib, ular birbiridan itariladi; yaproqchalarning ochilish burchagi elektr zaryadi miqdoriga mutanosib boʻladi. Yaproqchalarning ochilish burchagiga qarab jismning zaryadi haqida fikr yuritish mumkin.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |