Elektronografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektronografiya (elektron va ...grafiya) — moddalar strukturasini elektron asboblar yordamida oʻrganish usuli. Tekshiriladigan namunaning tezlatilgan elektronlarni sochishini oʻrganishga asoslangan. Kristallar, amorf jismlar va suyukliklarning atom strukturasini, gaz va bugʻlardagi molekulalarni oʻrganishda qoʻllaniladi. Elektronlar difraksiyasi (zarralar difraksiyasi) E.ning fizik asosi hisoblanadi; toʻlqin xossasiga ega boʻlgan elektronlar moddadan oʻtayotganda atomlar bilan oʻzaro taʼsirlashadi, natijada alohida difraksiyalanadigan dastalar hosil boʻladi. Bu dastalarning intensivligi va fazoda taqsimlanishi namunaning atom strukturasi, oʻlchamlari va boshqalarga qatʼiy mos keladi. Elektronlarning moddada tarqalishi atdmlarning elektrostatik potensiadlari bilan anikdanadi. Elektronografik tekshirish maxsus asboblar — elektronograf va elektron mikroskoplarda bajariladi.

E. metallokristallistik holda boʻlgan koʻpgina moddalarning atom strukturalarini, texnikaning turli sohalarida foydalaniladigan yupqa kristallik parda stroʻkturasining takomillashish darajasini oʻrganishga imkon beradi.