Elektroforez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektroforez (elektro... va yun. — siljish), galvanoterapiya, dorili elektroforez — organizmga oʻzgarmas tok va shifobaxsh moddalar bilan taʼsir etib davolash usuli; bunda organizmga dorilar past kuchlanishli oʻzgarmas elektr toki (galvanik tok) yordamida (teri yoki shilliq qavatlar) ion holida kiritiladi. E. zaryadlangan zarralar — ionlarning elektr toki taʼsirida qarama-qarshi zaryadlangan elektr tomon (yaʼni musbat zaryadlangan ionlar manfiy elektrodga va manfiy zaryadlangan ionlar musbat elektrodga) harakatlanishiga asoslangan. Bunda dorilar oddin teriga yigʻilib, ionlar deposini hosil qiladi. Depodan dorilar qonga asta-sekin oʻtadi va uzoq vaqt saqlanadi hamda butun organizmga yoki biror aʼzoga taʼsir etadi. E.ning induktotermiya bilan birga olib borilishi i n duktoelektroforez deyiladi.

Moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechadigan, shuningdek, nerv kasalliklari va boshqalarda E. qoʻllaniladi.