Elektrli laqqa baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektrli laqqa baliqlar — laqqalar turkumiga mansub chuchuk suv baliqlari oilasi. Uzunligi 65 sm (ayrim manbalarda 1 m gacha), moʻylovlari 3 juft. Orqa suzgichi boʻlmaydi, yogʻ suzgichlari yaxshi rivojlangan, koʻkrak suzgichlari tikansiz. Terisi ostida juft elektr organlari joylashgan. Elektr organlari tanasining orqa va boʻyin qismi oʻrta chizigʻida oʻzaro yondoshgan boʻladi. Elektr organlari ogʻirligi baliq tanasi umumiy massasining 25% ni tashkil etadi; elektr razryadi kuchi 360 V ga boradi. 1 turi Gʻarbiy Afrika suvlari va Nil daryosida tarqalgan. Olabula tusda. Koʻzi qorongʻilikda nurlanadi. Elektrli laqqa baliqlarb. elektr organlaridan oʻljasini tutishda foydalanishi aniqlanmagan.