Elektr soat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr soat — elektromagnit mexanizm bilan yuradigan soat. Birinchi marta soatga elektr qurilmalarini qoʻllash 19-asr 30—40-yillaridan boshlangan. Dastlab, Elektr soat elektromagnit, elektr dvigatel va boshqalar yordamida yurgan. 20-asr 50-yillarigacha elektromagnit soatlar yirik gabaritli, mayatnikli, balansirli boʻlgan. Keyinchalik ixchamroq Elektr soatlar ham yaratilgan. Elektr soatlar individual (yakka) va guruh (gruppa) boʻlib ishlaydigan xillarga boʻlinadi. Ixcham (individual) Elektr soatlar 120 yoki 220 V quchlanishli oʻzgaruvchan tok tarmogʻidan harakatlanuvchi magnit mayatnikli asinxron yoki sinxron elektr dvigateli yordamida ishlaydi. Guruh boʻlib ishlaydigan Elektr soat bir joydan boshqarib turiladi. Bular, asosan, shahar koʻchalari, idoralar, korxonalar, oʻquv yurtlari, aeroport va vokzallarda ishlatiladi. Qoʻlga taqiladigan, stol ustiga qoʻyiladigan va devorga osiladigan batareyali Elektr soatlari keng tarqalgan. Elektron sxemali va siferblatda raqamlar oʻzgarib turadigan bunday soatlar elektron soatlar deb ataladi. Toshkent kurantidat soat Elektr soat hisoblanadi.