Elektr pech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektr pech — elektr hodisalarining issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladigan eritish yoki qizdirish pechi. Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish usuliga koʻra, yoy pechi, shduksion pech, elektronnurli pech, dielektrik qizdirish qurilmalari va boshqalar; ishlatilish sohalari boʻyicha sanoat, lab., kommunal xoʻjalik, uyroʻzgʻor uchun moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Elektr pechda ish muhiti (havo, agressiv muhit, inert atmosfera va boshqalar), tok chastotasi, tuzilishi muhim koʻrsatkichlar hisoblanadi. Bunday pechlarda ish jarayonini avtomatlashtirish oson, unda kuyindi deyarli boʻlmaydi.

Bir yoʻla texnologik, issiqlik texnikasi va elektrotexnika vazifalarini bajaradigan Elektr pechlari bor. Ular elektr pech qurilmasi deb atayaadi. Ularning tarkibiga Elektr pech, kuch jihozlari (transformator, toʻgʻrilagich, yuqori chastotali generator, lampali generator), qoʻshimcha elektr jihozlari (drossel, ballast qarshilik, kondensator, anodli toʻgʻrilagich va boshqalar), nazoratoʻlchash asboblari, pirometrik apparatura, avtomatik rostlash qurilmasi va boshqalar kiradi. Temir rudalaridan choʻyan eritib olinadigan Elektr pech elektr domna pechi deb ataladi. Bunday pechlar hozir deyarli qoʻllanmaydi.