Elektr bilan davolash
Galvanizatsiya va elektroforez uchun aparatning ishlash printsipi. Elektroterapiya — elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim boʻlimi. Elektr bilan davolashd. faqat vrach buyurganda mustaqil tarzda va boshqalar davo choralari bilan birga qoʻllanadi. Bemorni davolashda Elektr bilan davolashd. yordamchi davo usuli hisoblanadi. Bunda past kuchlanish(qarang Galvanizatsiya ), oʻzgaruvchan toklar (qarang Darsonvalizatsiya, Diatermiya), shuningdek, past chastotali impulsli toklar (qarang Induktotermiya), turli chastotali oʻzgaruvchan magnit maydonlar, yuqori chastotali oʻzgaruvchan magnit maydoni va boshqalar qoʻllanadi.
Past kuchlanishli tok elektrodlar orasida turgan tananing maʼlum qismidan oʻtganida hujayrada fizikkimyoviy jarayonlarning oʻzgarishi roʻy beradi, qon aylanishi, uyqu yaxshilanadi, ogʻriq kamayadi, yalligʻlanish jarayonlarini bartaraf etishga yordam beraditan sharoitlar yaratiladi, zararlangan toʻqimalarning tiklanishi tezlashadi va hokazo. Mazkur reaksiyalar past chastotali impulsli tok bilan davolaganda kamroq seziladi, bu — impulsli toklarni ogʻriqni kamaytirish, uyqu buzilganda (elektruyqu), boʻshashgan muskullarni mashq qildirish (elektr stimulyatsiyasi)da qoʻllashga imkon beradi.
Past chastotali oʻzgaruvchan magnit maydonini davolash maqsadida qoʻllash magnitoterapiya deb ataladi. Davo induktorlar — elektr magnitlari yordamida oʻtkaziladi, elektromagnit badanning taʼsir koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlum joyiga qoʻyiladi.
Magnit maydonining kuch chiziqlari toʻqimalarga qarab, ularni maʼlum darajali isitadi va turli fizikkimyoviy oʻzgarishlarni yuzaga keltiradi, bu ogʻriq va qichishishning kamayishiga, tomirlar kengayishiga, uyquning yaxshnlanishiga yordam beradi.
Franklinizatsiyada davo maxsus konstruksiyadagi ignali elektrodlar bilan oʻtkaziladi. Ignali elektrodlar boshning yoki zararlangan soha (yara)ning ustiga qoʻyiladi, bunda nerv sistemasi, uyqu va umumiy ahvolning yaxshilanishi kuzatiladi.
UVChterapiyada ultra yuqori chastotali oʻzgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi, bunda davo zararlangan joyga qoʻyiladigan kondensator plastinkalar bilan bilinarbilinmas issiqtik taʼsir ettirib oʻtkaziladi. UVCH yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi, tomirlarni kengaytiradi, toʻqimalar oziqlanishini yaxshilaydi va ogʻriqni kamaytiradi.
Mikrotoʻlqinli terapiya — oʻta yuqori chastotali (santimetr va detsimetr diapazonidagi) nurlanishning elektr magnit maydonini davolash maqsadida qoʻllashdan iborat. Davo turli shakldagi nurlantirgichlar bilan taʼsir koʻrsatib oʻtkaziladi, muolajada bemorlarda issiqlik hissi paydo boʻladi. Boʻgʻimlar, umurtqa pogʻonasi, periferik nerv shikastlanganda, quloq, tomoq va burun, ayollar jinsiy aʼzolarining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida qoʻllanadi.
Elektr bilan davolashd. usullari ogʻritmaydi va bemorlar uchun xavfsizdir, lekin bunda bir qator qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Elektr davoni ovqatlangandan 1—1,5 soat oʻtgach qilish, muolaja paytida yerga tutashirilgan narsalarga (apparat korpusiga, isitgich batareyalariga, kranlar va boshqalarga) va muolaja qabul qilayotgan bemorlarga tegmaslik zarur.
Elektr bilan davolashd. mahalliy va umumiy taʼsirlar tarzida bemorning tanasiga elektrodlar qoʻyib (elektr toki qoʻllaganda) yoki elektrodlarsiz (elektromagnit maydonlaridan foydalanilganda) amalga oshiriladi.
Elektr bilan davolashd.da impulsli toklardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, past chastotadagi impulsli toklar neyroendokrin regulyatsiya buzilganda toʻqimalarga trofik taʼsir etib uni normallashtiradi, ayrim aʼzo va sistemalar faoliyatini kuchaytiradi. Elektr bilan davolash d.ning barcha usullari qoʻllanilganda umumiy nospetsifik reaksiyalar — qon aylanishi, moddalar almashinuvi, toʻqimalar trofikasi, organizm himoya xossalarining kuchayishi kuzatiladi. Elektr bilan davolashd. terapiyash muhim oʻrinni egallaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |