Elefantina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elefantina — Nil daryosidagi orol (Asvon qarshisida) va undagi qadimiy qishloqning yunoncha nomi. E.Qad. Misrning jan.dagi viloyatlar bilan mol ayirboshlash savdosi (fil suyagi va boshqalar mahsulotlar) markazi va Nubiya bilan chegaradosh maʼmuriy okrug — nom (qarang Nomlar) poytaxti boʻlgan. Orolda qadimiy podsholikdan Rim imperiyasining soʻnggi davriga oid tarixiy yodgorliklar aniqlangan. 18 va 19sulola firʼavnlari davrida E.da maʼbud Xnum, maʼbudalar Satis, Anukis va boshqalar ibodatxonalar qurilgan, ularning xarobalari 19-asr boshiga qadar saqlangan. 1908 yil mumiyolangan muqaddas qoʻylarning tosh sarqofalardagi nekropoli ochilgan. Granitdan ishlangan Zafar arkasi (miloddan avvalgi 4-asr oxiri), Strabon tavsiflagan suv sathining koʻtarilishini oʻlchovchi nilometr, Misr iyeratik papiruslari (miloddan avvalgi 25-asr), mahalliy nomarxlar arxivi, oromiy papiruslari va E.da joylashgan yahudiy harbiy manzilgohlar arxiviga doir sopol parchasiga yozilgan bitiklar (ostraka, miloddan avvalgi 6—5-asrlar) topilgan.