Elbek Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elbek Tojiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Faoliyat yillari 1996—2016
Boʻyi 160 sm
Vazni 55 kg
Turmush oʻrtogʻi Xolida Tojiyeva
Bolalari Ramazon
Ali
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Murabbiy(lar)i Oleg Ajigov
Medallar

Belarus Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustasi

Medal soni
Jahon chempionati
Kumush Istanbul 2011 55 kg gacha
Yevropa chempionati
Oltin Tbilisi 2013 55 kg gacha
Bronza Dortmund 2011 55 kg gacha

Elbek Xudoynazarovich Tojiyev (qoraqalpoqcha: Elbek Qudaynazarovich Tájiev, belaruscha: Элбек Худойназаровіч Тажыеў, 7-yanvar 1986-yil, Kenagas, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) – Belarus klassik uslub kurashchisi, millati Oʻzbek. Yunon-rum kurashi boʻyicha Yevropa chempioni[1]. Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2012)[2]. Oʻtmishda O'zbekiston jamoasida (2003-2007) oʻynagan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kenagas qishlogʻida tugʻilgan. 10 yoshida Samarqand sport maktabiga borgan. 2006-yilda u oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi va 17 yoshida Belarusga koʻchib oʻtib[3], fuqaroligini oʻzgartiradi[4]. Dastlabki yillarda u Borisov shahridagi yotoqxonada yashagan va tez orada oʻz uyiga ega boʻlgan[5]. Rafiqasi – Xolida Tojiyeva, oʻgʻillari Ramazon[3] va Ali.

Sport karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-2007-yillarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan; 2005-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni va 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida oʻninchi oʻrinni egallagan. Ammo u 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida −55 kg vazn toifasida Belorussiya nomidan ishtirok etib, 1/8 finalda 0:2 koʻrsatgich bilan yaponiyalik kurashchi Koxey Xasegavaga yutqazgan[6][7]. 2013-yilgi Tbilisida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 55 kg vazn toifasida final bahsida ozarbayjonlik Elchin Aliyevni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[8]. 2011-yilda u jahon chempionatlarining kumush medali sovrindori boʻldi. 2010-yilda harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi, 2011-2012-yillarda oʻninchi, 2013-yilda oltinchi va 2016-yilgi Jahon chempionatida beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2014-yilda Xalqaro kurash federatsiyasi uning 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasini toʻxtatdi. 59 kilogrammgacha boʻlgan yangi vazn toifasida u xalqaro musobaqalarda oʻz oʻrniga ega emas.

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir Oʻzbekiston Belarus
2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013
17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27
−55
Olimpiya oʻyinlari  –  – hisob
Jahon chempionati  –  –  –  – hisob  – 2. hisob
Yevropa chempionati  – hisob 3. hisob 1.
Osiyo oʻyinlari hisob
Osiyo chempionati  –  –  –  –  –  –
WC oʻsmirlar 4. 1.  –

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Belaruslik Elbek Tojiyev yunon-rum kurashi bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi“ (deadlink). 2013-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-mart.
  2. „Национальный правовой Интернет-портал Республики Беларусь“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-mart.
  3. 3,0 3,1 „Jangchi Elbek“. 2012-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-mart.
  4. ELBYeK POLYeTIT V LONDON![sayt ishlamaydi]
  5. „Elbek Tojiyev: Belorussiya menga juda yaxshi haq to‘laydi!“ (deadlink). 2012-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-mart.
  6. „Elbek Tojiyev Bio, Statistikalar, va Natiyjalar“. Olympics at Sports-Reference.com. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
  7. „Yunon-rum 55 kg natijalari - Kurash - London Olimpiadasi 2012-yil“. www.olympic.org. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-yanvar.
  8. „Elbek Tojiyev Gruziyada yunon-rum kurashi bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi“. 2013-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]