Ekstraksiyalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekstraksiyalash (lotincha: ajratayapman) — suyuq yoki qattiq moddalar aralashmasini maxsus (selektiv) erituvchi (ekstragent)lar yordamida toʻla yoki qisman ajratish. E.ning fizik mohiyati ajratib olinayotgan (ekstraksiyalanayotgan) moddaning toʻqnashuv paytida bir faza (suyuq yoki qattiq faza)dan ikkinchi faza — suyuq ekstragent fazaga oʻtishidan iborat.

E. quyidagi jarayonlarni: dastlabki modda aralashmasi bilan ekstragentni toʻqnashtirish (aralashtirish); hosil boʻlgan ikki fazani mexanik ajratish; ekstragentni har bir fazadan ajratib olish va regeneratsiyalashni oʻz ichiga oladi.

E. jarayonidan sof farmatsevtik preparatlar olishda, shakar, yogʻlar ishlab chiqarishda, aromatik uglevodorodlar, sulfidli neftlarning moyli fraksiyasi, kaprolaktam, texnik krezollardan m va p krezollarni, divinil rektifikatsiyasi qoldiqlaridan dietil efirni, suyultirilgan eritmalardagi sirka kislotani, oqova suvda qolgan fenol va h.k.ni ajratib olishda foydalaniladi. Nikel bilan kobalt, nikel bilan mis, siyraker elementlari, platinoidlar, sirkoniy bilan gafniy, niobiy bilan tantal va boshqalarni ajratib olishda E. usuli keng qoʻllanadi.



Abdulhay.uz.wwwcom