Eksponometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eksponometr (lot. yexropo qoʻrsataman va ...metr) — fotografiyada — foto yoki kino suratga olishda, yo boʻlmasa, foto yoki kinonusxalar koʻchirishda ekspozitsiya (yorugʻlik sezgir materialning yoritilganligi bilan uning yoritilish vaqti koʻpaytmasi) ni aniqlash uchun moʻljallangan qurilma. Ishlash tarziga koʻra, jadvalli, optik (vizual) va fotoelektrik turlarga boʻlinadi. Bularning ichida fotoelektrik E.lar keng ishlatiladi. Bunday E. larning ishi fotosuratga yoki kinosuratga olish obʼyektining yorqinligi yoki yoritilganligini oʻlchashga asoslangan. Koʻpchilik zamonaviy foto yoki kino suratga olish apparatlari ichki E.li qilib ishlab chiqariladi.