Ekspansivlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ekspansivlik (frans. birdan kuchayish, oʻzini tuta bilmaslik) — narsahodisalarga joʻshqin, tezkor javob qaytarishga yoki munosabat bildirishga shay, ehtirosli holat. Inson vujudida toʻlib toshgan ham biologik, ham psixologik quvvatning tashqi ifodasi. E. hissiyotiga beriluvchi odam hayajonlanib, hovliqib, yuragi takapuka boʻlib, eshitgan yoki koʻrgan hodisa gafsilotini shoshilinch tanishbilishlarga yoyishga oshiqadi. E. tuygʻusi oʻz tabiati bilan begʻarazlikdan kelib chiqadi. Bunday hissiyotli odamlar vujudiga, qalbiga gap, xabar yoki ovoza sigʻmaydi, ularning koʻnglida sir yotmaydi. E. negizida aksariyat hollarda boʻhton yotmasada, koʻpchilikda noxush taassurot qoldirishi mumkin. E.ga odatlangan bola yoki talaba oʻqish jarayonida materialni bilsa ham, bilmasa ham qoʻl koʻtarib, tengdoshlari davrasida oʻzini koʻrsatishga harakat qiladi. Kishilarning sport maydonlari, tomosha zallaridagi qiyqirishlari, ishqivozlik luqmalari E. ifodasidir. E. turli yoshda, turli jinslar oʻrtasida turlicha namoyon boʻladi. Xotirjamlik bilan E.ning uygʻunlashishi ijobiy emotsional holatni vujudga keltiradi.