Ekranoplan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ekranoplan (ekran va frans. — parvoz qilmoq) — yer yoki suv sirtiga (ekranga) yaqin (odatda, qanotlari enining 0,1—0,2 qismiga teng) balandlikda uchish uchun moʻljallangan uchish apparati. Birinchi E.ni fin muhandisi T. Karno 1935 yilda yasagan. 20-asr 70- yillarida Finlyandiya, Shvetsiya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Rossiyada tajriba variantlari ishlab chiqarilgan. Aerodinamik kuch (koʻtarish kuchi) hosil qilishda tayanch sirtining yaqinligi effekti ("Ekran effekti") dan foydalanishi bilan samolyotdan farqlanadi. Ekran effektining mohiyati shundaki, bunda aerodinamik quvvatni (aerodinamik koʻtarish kuchining aerodinamik qarshilikka nisbatini) oshiruvchi havo yostigʻi hosil boʻladi. E.larning deyarli barchasi suv sirtidan koʻtarilish va suv sirtiga qoʻnishga moʻljallangan, lekin faqat quruqlikda uchadigan E.lar ham ishlab chiqarilgan. E.larning texnik koʻrsatkichlari: massasi — 5 t gacha, 1 ta yoki 2 ta dvigatelining quvvati = 500 o.k. gacha, uchish tezligi 250 km/soat gacha. Bortiga 1—6 yoʻlovchi sigʻadi. E. eksperimental tadqiqotlarni bajarish, razvedka va qutqarish ishlarida qoʻllash uchun maxsus buyurtmalar boʻyicha ishlab chiqariladi.