Ekotip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ekotip, ekologik tip — muayyan ekologik sharoitga moslashgan. bir turga mansub oʻsimliklardagi bir xil populyatsiyalar majmui; shu sharoitda irsiy morfologik, fiziologik, biokimyoviy va boshqalar xususiyatlar vujudga keladi. "E." terminini fanga shved olimi G.Turesson kiritgan (1920). E.ning 3 turi bor: iqlimiy yoki geografik E. — tur yashash arealining alohida qismini ishgʻol qiladi; ular maʼlum iqlim sharoiti taʼsirida shakllangan, mas, janubiy E. shimoldagisidan past boʻyliligi, qisqa, ingichka va dagʻal bargi hamda ustida mumsimon qavat boʻlishi bilan farq qiladi; edafik E. — tuproq taʼsirida hosil boʻladi; mas, Piskom daryosi havzasida oʻsgan piskom piyozi alohida tur sifatida tavsiflangan; biotik yoki senotik E. — tur atrofidagi maʼlum oʻsimliklar qoplami taʼsirida vujudga keladi va rivojlanadi; mas, oqsoʻxtaning oʻtloq va oʻrmondagi ekotipi.

E. turlarning kelib chiqishi jarayonidagi bosqichlardan biri. U uzoq davom etgan tarixiy jarayonda paydo boʻladi.