Ekologiya sohasidagi jinoyatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar — tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi jinoyatlar. Ekologiya insonni tabiat bilan bogʻlab turadigan ijtimoiy holatdir. Bunday bogʻliklik, oʻz navbatida, gʻayriqonuniy xattiharakatlar orqali huquqbuzarliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi huquqbuzarliklar Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham kelib chiqishiga sabab boʻladi.

Oʻzbekistonda tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid qonunqoidalar, yuridik normalar ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar" (50-modda), deb qayd etilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998-yil 30-aprel), "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992-yil 9 dekabr), "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida" (2004-yil 3 dekabr), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (2002-yil 13 dekabr), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dekabr), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993-yil 6-may), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997-yil 26 dekabr), "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997-yil 26 dekabr), "Davlat yer kadastri toʻgʻrisida" (1998-yil 28 avgust), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999-yil 15-aprel)gi va boshqalar qonunlarda ekologiya sohasidagi huquqiy normalar oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKda birinchi marta Ekologiya sohasidagi jinoyatlarj. alohida bobga ajratiddi (193— 204-moddalar). Ularga quyidagilar kiradi: ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish; atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish yoki buzib koʻrsatish; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini koʻrmaslik; atrof tabiiy muhitni ifloslantirish; yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish; ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dovdaraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish; oʻsimliklar kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi qurash talablarini buzish; veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish; zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish; hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish; suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti hakida"gi qarori (1996-yil 20 dekabr)da Ekologiya sohasidagi jinoyatlarj. uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash boʻyicha zarur tushuntirishlar berilgan. Tabiiy muhitni asrash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish nafaqat milliy, balki umuminsoniy majburiyat hisoblanadi va bu tabiat komplekslari hamda ayrim obʼyektlarning muhofazasini taʼminlashga, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega boʻlish huquqini kafolatlashga qaratilgandir.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nigmatov A., Ekologiya nima, T., 2002.

Mirzayusuf Rustamboyev.