Eklogit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eklogit (yun. — tanlash) — chuqurlikdagi metamorfik togʻ jinsi; yaxlit, baʼzan varaqsimon koʻrinishda boʻladi. Asosan, granat, piroksen (omfatsit), kvari va rutildan tashkil topgan. Ikkinchi darajali aksessor minerallardan kianit, korund, sanidin, koesit, enstatit, grafit, olmos va flogopit uchraydi. Allotriomorf donador, granoblastik struktura va yaxlit teksturaga ega. Kimyoviy tarkibiga qoʻra bazalt va gabbroga oʻxshash. Geologik yotish sharoitiga nisbatan E. 3 tipga boʻlinadi: metamOrfik mintaqalardagi E. glaukofanli slanetslar va alpinotipli giperbazitlar bilan assotsiatsiyada; granulitli, gneysli va amfibolitli metamorfik majmualarda; kimberlitlar va ishqorli bazaltoidlarda qoʻshilmalar (ksenolitlar) hosil qiluvchi boʻladi. E. bilan rutil konlari bogʻliq, ancha chuqurlikdagi E.lar orasidagi kimberlitlarda esa olmos uchraydi.