Eker
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Eker (frans. — toʻrtburchak kesaman) (geodeziyada) — joyda (yerda) burchaklar yasash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. E. bilan asosan 45° yoki 90° ga qoldiqsiz boʻlinadigan burchaklar yasaladi. Ularning bir necha turi bor. Amalda qaytaruvchi E.lar koʻproq ishlatiladi. Ular koʻzguli (ikki va uch koʻzguli) va prizmali boʻladi. Ikki koʻzguli E.da ikkita koʻzgu bir-biriga 45° burchak ostida mis gardishga joylashtirilgan boʻladi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |