Einar Aas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Einar Aas
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Einar Jan Aas
Tavallud sanasi 1955-yil 12-oktabr
Boʻyi 185 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1979-1981 Bavariya 13 (1)
1981-1982 Nottengem Forest 21 (1)
1983-1987 Moss 43 (1)
Milliy terma jamoa
1977-1986 Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Einar Jan Aas (norv.: Einar Jan Aas; 1955-yil 12-oktyabr) — norvegiyalik futbolchi, himoyachi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Einar Aas oʻz faoliyatini 1973-yilda ikkinchi divizion jamoasi „FC Moss“da boshlagan. 1976-yilda futbolchi FC Mossga birinchi divizionga chiqishga yordam berdi. Einar birinchi divizionda 66 ta oʻyin oʻtkazdi va FC Mossga 1979-yilgi Norvegiya chempionatida 2-oʻrinni egallashiga yordam berdi. 1979-yilda futbolchi "Bavariya"ga koʻchib oʻtdi. 1980-yil 12-yanvarda norvegiyalik futbolchi Germaniya kubogi doirasida „Bavariya“ uchun birinchi oʻyinni oʻtkazdi. 1980-yil 26-yanvarda Einar Bundesligadagi birinchi oʻyinni "Shalke" ga qarshi oʻtkazdi, unda „Bavariya“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. 1979/80-yilgi Germaniya chempionatida himoyachi 6 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi, „Bavariya“ chempionlikni qoʻlga kiritdi. 1980/81-yilgi Germaniya chempionatida himoyachi 7 ta oʻyin oʻtkazdi va 1981-yil bahorida "Nottingem Forest"ga koʻchib oʻtdi. 1980/81-yilgi Angliya futbol ligasining birinchi divizionida futbolchi 7 ta oʻyin oʻtkazib,1 ta gol urdi, „Nottingem Forest“ chempionatda 7-oʻrinni egalladi.1981/82-yilgi mavsumda himoyachi Angliyaning birinchi divizionida 14 ta oʻyin oʻtkazdi, „Nottingem Forest“ chempionatda 12-oʻrinni egalladi. 1983-yilda futbolchi Mossga koʻchib oʻtdi va Norvegiya kubogini yutishda yordam berdi. 1987-yilda u 22 ta oʻyin oʻtkazib, jamoasiga Norvegiya chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berdi.[1]

Norvegiya terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1977-yil 30-iyunda Eynar Aas Norvegiya terma jamoasida Islandiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Islandiya 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 1978-1979-yillarda futbolchi Yevro-1980 saralash turnirida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan, Norvegiya guruhda oxirgi oʻrinni egallab, final turniriga chiqa olmadi. 1980-1981-yillarda Einar 1982-yilgi jahon chempionati saralash turnirida 7 ta oʻyin oʻtkazdi, jumladan, 1981-yil 9-sentyabrda Angliyaga qarshi oʻyinda Norvegiya 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Norvegiya terma jamoasi 4-guruhda soʻnggi oʻrinni egalladi va jahon chempionatining final turniriga chiqa olmadi. 1981-1986-yillarda Norvegiya terma jamoasida oʻynamagan. Einar Aas 1986-yilda uchta oʻyin oʻtkazdi, shu jumladan Yevro-1988 saralash turnirida ikkita oʻyin. Shimoliy Yevropa chempionati va futbol boʻyicha 1980-yilgi Olimpiya oʻyinlari saralashini hisobga olgan holda, Einar Yan Aas 35 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.[2]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Germaniya chempioni: 1979/80
  • Norvegiya chempioni: 1987-yil
  • Norvegiya kubogi sohibi: 1983-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Einar Aas“. Home.no. 5-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2011-yil.
  2. Bugge, Mette. 40 år og fortsatt full fart (Norwegian). Aftenposten (5-sentabr 2008-yil), s. 20.