Ehtiyojlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ehtiyojlar — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. E. subʼyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obʼyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subʼyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy E. boʻlishi mumkin. E.ning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan E., oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va E.ni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan E. ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.

Tarixan E. oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. E. tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy E. (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga E., shuningdek, iqtisodiy E. tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash E.i kiradi.

Iqtisodiy E.ni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subʼyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy E.).

Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy E. pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi (qarang Talab va shaklif). Ishlab chiqarish va E. oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy E.dan tobora har tomonlama rivojlangan inson E.ining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.

Sherqul Shodmonov.