Efiotsiya togʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efiotsiya togʻligi — Afrikaning shim.sharqiy qismidagi togʻlik, asosan, Efiopiya hududida. Balandligi 2000–3000 m, eng baland joyi 4623 m (RasDashan togʻi). Efiotsiya togʻligining sharqiy yon bagʻri unga tutash tekislikka tik tushgan, gʻarbiy yon bagʻri esa zinapoyasimon pasayib boradi. Efiotsiya togʻligining asosini yuzasi qumtosh, bazaltli lava va ohaktoshlarning qalin qatlamlari bilan qoplangan tokembriy kristalli zamini tashkil etadi. Shimoliy kismi peneplenlashgan kristalli jinslardan tuzilgan, 15° shahrik.dan janubi zinapoyasimon bazaltli platodan iborat. Gʻarbiy va jan.gʻarbiy yon bagʻri sernam (yillik yogʻin 1500 mm gacha), sharqida yogʻin 500 mm gacha. E.tdan Koʻk Nil, Atbara, Sobat, Jubba daryolari boshlanadi. Landshaftida balandlik mintakalari mavjud. 1700 m gacha kolla mintaqasida — shamolga roʻpara yon bagʻirlar tropik oʻrmonlar va kofe plantatsiyalari, shamolga teskari yon bagʻirlar esa savannalardan, 2400 m gacha boʻlgan voynadega mintaqasida savannalar, undan balanddagi dega mintaqasida (4000 m gacha) igna bargli oʻrmonlar, eng yuqorisi baland togʻ dasht oʻsimliklaridan iborat. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Efiotsiya togʻligida qadimdan dehqonchilik qilinadi, koʻpgina donli ekinlar (qattiq bugʻdoy, javdar, arpa)ning vatani.