Effuziv togʻ jinslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Effuziv togʻ jinslari — yer yuzasida yoki Yer poʻsti qatlamining yuqori qismida lavaning sovishi mobaynida hosil boʻlgan magmatik togʻ jinslari; ularning maʼlum bir qismi suv osti vulkanlari otilib chiqqanda vujudga keladi. Lavaning tez qotishiga sabab boʻluvchi tarkibidagi vulkan shishasining mavjudligi, oʻziga xos porfirli strukturaga egaligi Effuziv togʻ jinslarij.ning xarakterli xususiyatlaridandir. Effuziv togʻ jinslarij.ning tarkibi keng koʻlamda oʻzgarib turadi. Eng koʻp tarqalganlari bazalt, andezit va ular oraligʻidagi jinslar; kamroq uchraydiganlari datsit va liparitlar boʻlib, ishqorli va ultraasoslilari yanada kamroq uchraydi. Asosiy minerallari: plagioklaz, K—№ dala shpati, ortopiroksen, klinopiroksen, amfibol, biotit va kvars. Aksessor minerallari: ortit, ksenotim, sirkon, apatit, ilmenit va magnetit. Effuziv togʻ jinslarij. paydo boʻlish sharoitlariga koʻra, 3 yirik guruhga — piroklastik jinslar, lava jinslari va ekstruziv jinslarga boʻlinadi. Effuziv togʻ jinslarij. Oyda ham topilgan.

Effuziv togʻ jinslarij. intruziv togʻ jinslarining aksi hisoblanadi (qarang Magmatik togʻ jinslari). Ular Oʻzbekistonda keng tarqalgan boʻlib, tokembriy va paleozoy yotqiziqlarida uchraydi. Effuziv togʻ jinslarij. bilan bir qancha qazilma boyliklar konlari bogʻliq.