Efemerida
Qiyofa
Efemerida (qadimiy yunoncha: ἐφημερίς — kunga, kunlik ← ἐπί — ga + ἡμέρα — kun) — astronomik kundalik jadval. Efemeridada Quyosh, Oy, katta sayyoralar, ularning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar va boshqalarning maʼlum yil, kun va soatlar uchun oldindan hisoblangan koʻrinma koordinatalari va boshqa maʼlumotlar beriladi. Efemerida maʼlumotlari astronomiyada qabul qilingan maxsus efemerid vaqti asosida hisoblab topiladi. Osmon jismlarining efemeridalarini bilish ularni oldindan yilning qaysi vaqtida kuzatish qulayligini aniqlash va kuzatish dasturlarini tuzishda katta ahamiyatga ega. Kuzatishlar va tekshirishlar oʻtkazilgach, olingan maʼlumotlar dunyo vaqtida eʼlon qilinadi, keyingi efemeridalarga tuzatishlar kiritiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |