Zogʻoza
Qiyofa
(Efedradan yoʻnaltirildi)
|
|
Zogʻoza, qizilcha, efedra (Ephedra) — qizilchadoshlar oilasiga mansub ikki uyli butalar turkumi. 40 turi boʻlib, Oʻrta dengiz mamlakatlarida, Hindiston, Xitoy, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Rossiyaning janubi-sharqiy Yevropa qismida va Sibirda, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Koʻpincha quruq choʻl va yarim choʻl mintaqalarda, quruq toshloqli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Zogʻozaning barglari mayda, qipiqsimon, tezda toʻkilib ketadi. Changchi va urugʻchi qubbalari poya boʻgʻimlarida joylashgan. Zogʻozaning 10 ga yaqin turi Oʻzbekistonda uchraydi. Zogʻoza tarkibidagi efedrin alkaloididan tibbiyotda foydalaniladi. Efedrin yurak va qon tomirlari faoliyatiga adrenalinga oʻxshash taʼsir koʻrsatadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Zogʻoza“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Z-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |