Efebiya
Qiyofa
Efebiya (yunoncha — oʻsmir) — Yunoniston (Sparta, Afina) da erkin tugʻilgan 18 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarni harbiy va fuqarolik xizmatiga tayyorlaydigan davlat tashkiloti. Oʻqish kazarma sharoitida 2 yil davom etgan. Birinchi yili efeblar gimnastika, kamondan otishni oʻrganganlar, harbiy mashqlar oʻtkazishgan. Ikkinchi yil harbiy qoʻrgʻonlar qurish, harbiy garnizonlarni qoʻriqlash, harbiy-dengiz ishlarini oʻrganish bilan shugʻullanishgan, xalq sayil va bayramlari hamda yigʻilishlarida tartib saqlanishini nazorat qilishgan. Efebiyani tugatganlar toʻla huquqli fuqaro hisoblangan (yana qarang Afina tarbiyasi, Sparta tarbiyasi).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |