Eduard Smirnov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eduard Pavlovich Smirnov
Tavalludi 1939-yil 17-sentyabr
Fuqaroligi Moldova
Kasbi siyosatchi
Partiyasi Moldova Respublikasi Sotsialistik partiyasi

Eduard Pavlovich Smirnov (rumincha: Eduard Smirnov; 1939-yil 17-sentyabr, SSSR Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati) — Moldova Respublikasi parlamenti Sotsialistlar partiyasi deputati[1]. 2014-yil 30-noyabrdan 2015-yil 23-yanvargacha hamda 2019-yil 24-fevraldan 2019-yil 8-iyunga qadar Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eduard Smirnov 1939-yilning 17-sentyabrida SSSR Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatida tavallud topgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956—1961-yillar — Rossiyaning Kostroma shahridagi toʻqimachilik instituti talabasi.

1961—1963-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi gazlama fabrikasi bosh mexanigi.

1963—1969-yillar — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahar komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi.

1969—1973-yillarda — Ukraina, Lvov viloyati, Striy shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.

1973—1977-yillar — Kishinyov shahridagi kasb-hunar kolleji direktori.

1977—1991-yillar — Kishinyov partiya va sovet organlari xodimi.

1991—1995-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes sherik“ mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.

1995—1999-yillar — Kishinyov meri oʻrinbosari.

1999-2007-yillar — Kishinyov shahar kengashi aʼzosi.

1999—2010-yillar — Kishinyov shahridagi „Biznes hamkor“ mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori oʻrinbosari.

2013—2014-yillar — Moldova Respublikasi Sotsialistlar partiyasi raisi maslahatchisi.

2014-2015-yillar — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.

2014-yil — Moldova Respublikasi parlamenti deputati.

2019-yil — Moldova parlamenti raisi vazifasini bajaruvchi.

Parlament spikerligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 30-noyabridan 2015-yil 23-yanvarigacha, yaʼni Andrian Kandu oʻz vakolatlarini topshirgunga qadar Moldova Respublikasi parlamentida Smirnov bosh deputat sifatida qonun chiqaruvchi organ spikeri vazifasini bajargan[2].

2019-yil 24-fevralidan 2019-yilning 8-iyuniga qadar Moldova Respublikasi parlamentida parlament koalitsiyasi tuzilib, Zinaida Greceanii parlamentning yangi spikeri etib saylangunga qadar Smirnov Parlamentda eng yuqori martabali deputat lavozimida faoliyat koʻrsatgan[3].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moldova parlamentining rasmiy sayti Eduard Smirnovning tarjimai holi — Moldova tilida.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lista candidaţilor la funcţia de deputat în Parlamentul Republicii Moldova pentru alegerile parlamentare din 30 noiembrie 2014 din partea Partidului Socialiştilor din Republica Moldova“.
  2. „Eduard Smirnov“.
  3. „Eduard Smirnov“. [sayt ishlamaydi]