Eduard Nikolayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eduard Nikolayev

Eduard Nikolayev (2019)
Millati Rus
Tugʻilgan joyi 21-avgust 1984-yil (1984-08-21) (39 yosh)
Naberejniye chelni
Hozirgi jamoa Kamaz-Master
Gʻalabalar 5

 

Eduard Valentinovich Nikolayev (ruscha: Эдуард Валентинович Николаев; 1984-yil 21-avgustda tug‘ilgan) — rossiyalik ralli reyd haydovchisi. 2013-yilgi Dakar rallisi, 2017-yilgi Dakar rallisi, 2018-yilgi Dakar rallisi va 2019-yilgi Dakar rallisi yuk mashinalari toifasida Kamaz jamoasi tarkibida ishtirok etgan va g‘olib chiqqan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolayev Dakardagi debyutini 2006-yilda Kamaz jamoasida Sergey Reshetnikovning mexanigi sifatida oʻtkazdi va 2007-yilda Ilgizar Mardeev boshchiligidagi ekipajga oʻtishdan oldin 18-oʻrinni egalladi. Aydar Belyaev bilan birga 3 soatlik poygalarda ishitirok etdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.

2009-yilgi mavsumda Nikolayev chempionlar Vladimir Chagin va uning yordamchi haydovchisi Sergey Savostinga qoʻshildi. Boshqa bir Kamaz haydovchisi Firdavs Kabirov boshchiligidagi ekipajdan toʻrt gʻalaba farq bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. 2010--yilda Nikolayev Chagin va Savostin bilan birga qoldi, ular yil davomida oʻtkazilgan 14 bosqichdan 9 tasida gʻalaba qozonib, Dakar Rally rekordini oʻrnatdi.

Nikolayev 2010-yilgi Silk Way Rally musobaqasida gʻolib boʻlldi. Ushbu yutuq Nikolayev faoliyatidagi dastlabki sovrin edi[1]. Rossiyalik sportchi 2011-yilda Dakar rallisida debyutini amalga oshirdi va jamoadoshlari Chagin va Kabirovdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

2012-yilgi voqea oldidan Chagin va Kabirovning nafaqaga chiqishi nazariy jihatdan Nikolayevni Kamaz jamoasi yetakchisiga aylantirdi, ammo shunga qaramay u toʻrtinchi bosqichda musobaqadan chetlashtirildi.  2013-yilda Nikolayev raqib va amaldagi chempion Gerard de Rooyning kechikishidan foydalandi. Kamazdagi jamoadoshlari Ayrat Mardeev va Andrey Karginovdan 37 daqiqa farq bilan umumiy natijada gʻalaba qozondi. 2021-yil tomonlar oʻrtasida yangi shartnoma tuzilgan[2].

Dakar Rally natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Klass Transport vositasi Oʻrin Bosqichlar
2006 Yuk mashinalari Rossiya Kamaz 18 0
2007 2 0
2008 Tadbir bekor qilindi — uning o‘rniga Markaziy Yevropa rallisi o‘tkazildi
2009 Yuk mashinalari Rossiya Kamaz 2 4
2010 1 9
2011 3 0
2012 DSK 0
2013 1 0
2014 3 1
2015 2 6
2016 7 3
2017 1 4
2018 1 3
2019 1 3
2020 DNF 0
2021 —* 0
2022 2 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]