Ebulioskopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ebulioskopiya (lot. qaynayman va...skopiya) — eritma qaynash trasining koʻtarilishini toza erituvchi qaynash trasiga qiyoslab oʻlchashga asoslangan fizikkimyoviy tekshirish usuli. E. krioskopiya kabi erigan moddaning mol. m.ni oʻlchashda qoʻllanadi. E. usulini F. Raul 1882— 88 yillarda taklif etgan. Raul qonuniga muvofiq, erituvchining toʻyingan bugʻ bosimi uchramaydigan modda eritmasi ustidagi konsentratsiyaga proporsional ravishda kamayadi. Moddalarning mol. m.ni E. usuli boʻyicha anikdashda toza erituvchining qaynash temperaturasi oʻlchanadi. Keyin toza erituvchidan maʼlum miqdorda tortib olinadi va unga tekshirilayotgan moddadan aniq oʻlchab qoʻshiladi, hosil boʻlgan eritmaning qaynash trasini oʻsha termometr (yoki termopara) yordamida oʻlchanadi. Ebulioskopik oʻlchash murakkabligi tufayli krioskopiya usuliga qaraganda kamroq qoʻllanadi.