Dyushes kartoshka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dyushes kartoshka (fransuzcha: pommes de terre duchesse) — fransuz oshxonasining klassikretsepti boʻlib, u mashhur fransuz pazandachilik kitoblarida eslatib oʻtilgan[1][2].

Tuxum sarigʻi va sariyogʻ qoʻshilgan kartoshka pyuresidan iborat boʻlib, ular qandolat qopchasi orqali turli shakllarda siqib chiqariladi yoki qoʻlda shakl beriladi. Soʻngra pechda oltin jigarrang boʻlgunga qadar pishiriladi. Ular odatda kartoshka pyuresi singari, masalan, tuz, murch va muskat yongʻogʻi bilan tuzlanishi mumkin[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu taomning ilk retsepti 1746-yilda La Nouvelle Cuisinière Bourgeoise nashrida chop etilgan[4]. Keyinchalik, à la duchesse iborasi fransuz oshxonasida kartoshka pyuresi va tuxum sarigʻi aralashmasini oʻz ichiga olgan har qanday taomning nomiga aylandi[4]. Dyushes retseptlari kamida 1878-yildan beri Amerika oshpazlik kitoblarida ham nashr etila boshlangan[5]. Amerikalik pazanda Fanni Farmer 1896-yilgi oshpazlik kitobida gertsoglik kartoshkasining ijodini shunday tasvirlab bergan: „Qandolat qopchasi va naycha yordamida massani savatga, piramidaga, tojga, barglarga, atirgullarga va hokazolarga aylanting. Bir choy qoshiq suv qoʻshib urilgan tuxum surting, soʻngra, issiq duxovkada pishiring“[6]. 1902-yilda Boston pazandachilik maktabi oʻz jurnalida dyushes kartoshkasi retseptini chop etgan[7]. Fransuz pazandachilik kitobi muallifi Auguste Escoffier oʻzining birinchi marta 1903-yilda nashr etilgan mashhur „Le guide culinaire“ pazandachilik kitobida[8] ushbu taomni tasvirlab bergan.

Buyuk Depressiya davrida AQSh federal hukumati kartoshka yetishtirishni yaxshilash uchun oʻnlab shtatlar qishloq xoʻjaligi agentliklari bilan hamkorlik qilgan. Amerika Uy xoʻjaligi byurosi isteʼmolchilarni dyushes[9] kabi kamroq tarqalgan kartoshka taomlarini tatib koʻrishga chaqirdi. Ikkinchi jahon urushi AQShda oziq-ovqat, ayniqsa sariyogʻ, goʻsht va konserva taqchilligiga olib keldi. 1943-yil yanvar oyida birinchi xonim Eleanora Ruzvelt Oq uyda toʻqqizta oilaviy taom menyusini eʼlon qildi. Kechki ovqatlardan biriga goʻshtli non va dyushes kartoshkasi ham kiritildi[10]. 1949-yilda Nyu-York Tayms nashri mol goʻshtiga qaraganda arzonroq muqobil retsept sifatida qovurilgan tovuq yoki qovurilgan baliq bilan dyushes kartoshkani targʻib qildi[11].

Dyushes kartoshkasi koʻpincha rasmiy hukumat yigʻilishlarida tortiq qilinadi. 1959-yil sentabr oyida AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer Kemp Devidda sovetlar Bosh kotibi Nikita Xrushchev bilan uchrashdi. Tushlikka mol goʻshti qovurgʻalari va pishirilgan qizil okun baligʻi kiritilgan. Dyushes kartoshkasi garnirlar qatorida edi[12]. Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy 1962-yil aprel oyida Vashingtonga tashrif buyurganida, Eron elchixonasida prezident Jon Kennedi uchun oltita taomdan iborat kechki ovqat tashkil etdi. Asosiy taom qirgʻovul goʻshti edi, dyushes kartoshka ham ovqatlar safidan oʻrin olgandi[13]. 1966-yil iyun oyida Saudiya Arabistoni qiroli Faysal Vashingtonga tashrif buyurdi. Prezident Lindon Jonson Oq uyda davlat kechki ovqatini uyushtirdi va menyuda bodom, qovurilgan fileta va dyushes kartoshkasi[14] ham bor edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Auguste Escoffier, (1907), Le guide culinaire.
  2. Larousse gastronomique (1961).
  3. „Duchess Potatoes“ (Wayback Machine saytida 2013-10-15 sanasida arxivlangan) Cook’s Country, 2010.
  4. 4,0 4,1 Brickman, Sophie. „Piped Dreams: Conquering the French potato dish pommes duchesse“. Saveur (21-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 26-iyun 2021-yil.
  5. Shute, T. S.. The American Housewife Cook Book: Parts I & II. Philadelphia: George T. Lewis and Menzies Company, 1878 — 301 bet. ISBN 9780486291963. 
  6. Farmer, Fannie Merritt. Boston Cooking-School Cook Book. Boston Cooking School, 1896 — 279 bet. 
  7. Hill, Janet McKenzie. The Boston Cooking School Magazine of Culinary Science and Domestic Economics. Boston Cooking School, 1902 — 334 bet. 
  8. Escoffier, Auguste. The Escoffier Cook Book: A Guide to the Fine Art of Cookery. Crown Publishing Group, 1976 — 688 bet. ISBN 9780517506622. 
  9. George, Frank. „Uncle Sam In Search Of The "Ideal" Potato; In Behalf of the Housewife His Men Watch The Kitchen Performance of New Varieties“. New York Times (27-mart 1938-yil). Qaraldi: 27-iyun 2021-yil.
  10. Holt, Jane. „News of Food; White House Family Meals Show How First Family Adapts Itself to War Diet“. New York Times (14-yanvar 1943-yil). Qaraldi: 27-iyun 2021-yil.
  11. „News of Food; Fish, Poultry Can Be Prepared Tastily As Substitutes for High-Priced Meats“. New York Times (13-iyun 1949-yil). Qaraldi: 26-yanvar 2021-yil.
  12. „Beef or Fish a Choice at Camp David“. New York Times (26-sentabr 1959-yil). Qaraldi: 26-iyun 2021-yil.
  13. „Shah Entertains Kennedys“. New York Times (13-aprel 1962-yil). Qaraldi: 26-iyun 2021-yil.
  14. Robertson, Nan. „President Gives Party For Faisal; A Rare Stag State Dinner Is Held at White House“. New York Times (22-iyun 1966-yil). Qaraldi: 27-iyun 2021-yil.