Durdi qilich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Durdi qilich (1886 - Toshhovuz viloyati Taxta tumani Xojaqumbat qishlogʻi — 1950.14.12) — Turkmaniston xalq shoiri (1946), baxshisi va xalq ogʻzaki ijodining bilimdoni. Bolaligidan koʻzi ojiz boʻlgan. Baxshilardan doston aytishni oʻrgangan. Ijodi 1916-yildan boshlangan. 20—30-yillarda yozgan sheʼrlarida Turkmanistonning oʻtmishi, qishloq mehnatkashlarining hayoti ("Eshakli", "Chigʻir" va b.), turkman ayollarining haq-huquqini himoya qilish masalalari oʻz ifodasini topgan ("Tumorli"). "Xalqim", "Xalqlar doʻstligi" sheʼrlari 30-yillardagi turkman sheʼriyatining yuksak namunalaridan. Ikkinchi jahon urushi yillarida jangovar ruxda qoʻshiklar yaratib, kishilarni gʻalabaga ruxlantirgan. Sheʼr va qoʻshiklari, turkman va qoraqalpoq xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil