Durbek koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Durbek koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Uzunligi 1.2 km
Kim sharafiga nomlangan Durbek

Durbek koʻchasi — Uchtepa tumanidagi Xondamir va „Sharq yulduzi“ mahallalarida joylashgan. Uzunligi 1,2 km atrofida. Koʻkcha Darvoza va Beshqayragʻoch koʻchalari oraligʻida. Toshkent zilzilasidan (1966) keyin aholi uchun ajratilgan er uchastkalari munosabati bilan paydo boʻlgan. 1966-yil 27-dekabrda oʻzbek shoiri Durbek (XIV asr oxiri — XV asr boshi) nomi berilgan. Tarkibida 5 ta tor koʻcha bor. Lochin, Bayroq va Quruvchi koʻchalarini kesib oʻtadi[1].

Koʻcha yoʻnalishida maktab, bogʻcha, oziq-ovqat doʻkoni, servis xizmatlari va shaxsiy turar joy binolari mavjud. Yaqinida „Ona va bola“ markazi, oilaviy poliklinika, Hazrati Umar masjidi, Toshkent avtomobil halqa yoʻli, yonilgʻi quyish shoxobchasi joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.