Durazno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Durazno

Durazno
33°22′0″N 56°31′0″E / 33.36667°N 56.51667°E / 33.36667; 56.51667 G OKoordinatalari: 33°22′0″N 56°31′0″E / 33.36667°N 56.51667°E / 33.36667; 56.51667 G O
Mamlakat Urugvay
Aholisi
34,368
Telefon kodi +598 436
Pochta indeks(lar)i 97000
Durazno xaritada

Durazno – Urugvayning Durazno departamentining poytaxti. Durazno Urugvayning eng markaziy shahri ekanligi bilan ajralib turadi. Bu shaharda 30 000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oʻtmishda Urugvayning poytaxti boʻlgan. Hozirgi poytaxti esa Montevideo shahri.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar 5 va 41-yoʻnalishlar chorrahasida, departamentning janubida joylashgan boʻlib janubi-gʻarbda Flores va janubi-sharqda Florida boʻlimlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Durazno shahri Flores departamentining poytaxti boʻlgan Trinidad shahridan 40 kilometr masofada joylashgan. Shahar Rio Negro daryosining irmogʻi boʻlgan Yi daryosining janubiy qirgʻogʻida joylashgan.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharga xizmat koʻrsatuvchi Santa Bernardina xalqaro aeroporti Rio-Negro daryosining narigi tomonida joylashgan hamda shahar uchun kecha-yu kunduz xizmat qilib kelmoqda.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar 1821-yil 12-oktabrda San-Pedro del Durazno nomi bilan Braziliya imperatori Pedro I ga ehtirom sifatida, hozirgi Urugvay hududi Braziliyaga Sisplatin provinsiyasi sifatida qoʻshib olingan bir paytda tashkil qilingan. Urugvay mustaqillikka erishgunga qadar u villa maqomini olgan edi. 1906-yil 13-iyulda 3041-sonli qonun bilan uning maqomi shaharga koʻtarildi[1].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Durazno aholisi 34,368 kishini tashkil qildi[2].

Yil Aholi soni
1908-yil 10 507
1963-yil 22,203
1975-yil 25 981
1985-yil 27 834
1996-yil 30 607
2004-yil 30 529
2011-yil 34 368

Manba: Urugvay Milliy Universiteti[3].

Ibodat joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

San-Pedro de Durazno cherkovi.

San-Pedro de Durazno cherkovi shaharning ramzi hisoblanadi. Yongʻindan keyin uni muhandis Eladio Dieste temir gʻishtdan foydalangan holda qayta loyihalashtirdi. Plaza Independencia roʻparasida joylashgan. Urugvayning ichki qismidagi TEDxDuraznoda birinchi TEDx tadbiri oʻtkaziladi. Ushbu tadbir birinchi marta 2013-yilda tashkil etilgan. Avliyo Pyotr cherkovining ichki qismi meʼmor Eladio Dieste tomonidan ishlab chiqilgan. Madaniy sohada 1973-yildan boshlab milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan xalq festivali oʻtkazila boshlangan. Birinchi festival 1973-yil 9-fevral sanasida Urugvayning Durazno shahrida „Milliy folklor festivali“ nomi ostida boʻlib oʻtgan.

Taniqli odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Antonio Alzamendi

Margarita Martirena

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Statistics of urban localities (1908–2004) (see also "San Pedro de Durazno")“ (PDF). INE (2012). 2009-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
  2. „Censos 2011 Cuadros Durazno“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  3. „Statistics of urban localities (1908–2004) (see also "San Pedro de Durazno")“ (PDF). INE (2012). 2009-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr. "Statistics of urban localities (1908–2004) (see also „San Pedro de Durazno“)" (PDF).

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]