Duplikatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Duplikatsiya (lot. duplicatio — ikki marta ortish) — xromosomalar bir qismining ikki yoki koʻproq marta ortishi tufayli ularning oʻzgarishi. D. xromosomalar qismlarining oʻzaro almashinuvi yoki gomologik xromosomalar oʻrtasidagi krossingover bir xil tenglikda sodir boʻlganida kuzatiladi. Xromosomalarning D. boʻlgan qismida shu joyda joylashgan genlar takrorlanadi. Bunday qoʻshimcha genlar oʻsha xromosoma ichida yoki uning uchlaridan birida joylashishi, baʼzan biror boshqa xromosomaga birikishi mumkin. D. yangi genlarning hosil boʻlish jarayonida muhim ahamiyatga ega (yana q. Mutatsiya, Xromosomalar).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil