Duobasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Duobasoy — Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi soy. Yuqori oqimida Chormogolsoy, quyi oqimida Choshsoy deb nomlanadi. Toʻpolon suv omboriga quyiladi. Boysuntogʻ tizmasining Xoʻjapiryon va Xursand-togʻ tarmoklari sharqiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 50 dan ortiq irmogʻi bor. Uzunligi 33 km, suv toʻplash mayd. 244 km2. D. yuqori va oʻrta oqimida nishabi katta, chuqur va tor vodiyda tez oqadi. Havzasi nisbatan baland va nam havo oqimlariga roʻpara joylashganli-gidan yogʻin koʻproq yogʻadi. Shu sababli D.da suv ancha koʻp, oʻrtacha suv sarfi 5 m3/sek chamasida. D. qor-muzliklardan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri may—iyunda boʻladi, dekabr—yanvarda suvi kamayadi. D.dan Chosh qishlogʻi suv ichadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil