Dune (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dune
Dune 2020 movie poster.jpg
Film posteri
Rejissor Denis Villeneuve
Produser
  • Cale Boyter
  • Joe Caracciolo Jr.
  • Mary Parent
  • Denis Villeneuve
Ssenariynavis(lar)
  • Jon Spaihts
  • Eric Roth
  • Denis Villeneuve
Rollarda
Bastakor Hans Zimmer
Kinematografiya Greig Fraser
Muharrir Joe Walker
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Distributor Warner Bros. Pictures
Reliz sanasi
  • 22-oktyabr, 2021-yil(2021-10-22)

(AQSh)

Davomiyligi 156 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Budjet $165 million[2]
Daromad $400,5 million[3][4]

Dune (talaffuzi: Dyun) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan hamda Amerika, Birlashgan Qirollik, Kanada va Vengriya mamlakatlari bilan hamkorlikda ishlangan epik va ilmiy fantastika janridagi filmdir. Film rejissori Denis Villeneuve boʻlib, kartina Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgandir. Filmda Timothée Chalamet, Rebecca Ferguson, Oscar Isaac, Josh Brolin, Stellan Skarsgård, Dave Bautista, Stephen McKinley Henderson, Zendaya, David Dastmalchian, Chang Chen, Sharon Duncan-Brewster, Charlotte Rampling, Jason Momoa va Javier Bardem kabi aktyorlar suratga tushishgan.

Dune filmi premyerasi 78-Venetsiya xalqaro film festivalida 3-sentabr 2021-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda esa 22-oktabr 2021-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $165 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $400 milliondan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi. Filmning davomi boʻlmish Dune: Ikkinchi qism 2023-yilning oktabrida chiqarilishi kutilmoqda.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Dune haqida 383 maqola yigʻilib, ulardan 83 foizi filmni ijobiy baholaydi.[5]

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

10191-yilda Caladan okean-sayyorasi hukmdori boʻlgan Duke Leto Atreides podshoh imperator Shaddam Corrino IV tomonidan House Harkonnen oʻrniga Arrakisning feodal hukmdori etib tayinlanadi. Arrakis — yoqimsiz choʻldan tashkil topgan sayyora hamda «dorivorlar»ning yagona manbaidir. Dorivor inson hayotiyligini oshiradigan va yulduzlararo sayohat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qimmatli moddadir. Haqiqatda, Shaddam imperatorning Sardaukar qoʻshinlari yordamida sayyorani qaytarib olish uchun House Harkonnenda toʻntarish uyushtirganda, uning taʼsiri Shaddamning boshqaruviga tahdid solayotgan House Atreidesni ildizi bilan yoʻq qilishni rejalashtirgan. Leto esa bundan xatotirda, lekin dorivorlar sayyorasini boshqarish va Fremenlar nomi bilan tanilgan tub aholi boʻlmish malakali jangchilar bilan ittifoq tuzishning siyosiy afzalliklarini koʻradi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hans Zimmer filmdagi musiqalarni bastalagan.

Treklar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dune (Original Motion Picture Soundtrack)
NomiDavomiyligi
1.„Dream of Arrakis“3:08
2.„Herald of the Change“5:01
3.„Bene Gesserit“3:54
4.„Gom Jabbar“2:00
5.„The One“2:30
6.„Leaving Caladan“1:55
7.„Arrakeen“2:16
8.„Ripples in the Sand“5:14
9.„Visions of Chani“4:27
10.„Night on Arrakis“5:03
11.„Armada“5:09
12.„Burning Palms“4:04
13.„Stranded“0:58
14.„Blood for Blood“2:29
15.„The Fall“2:32
16.„Holy War“4:20
17.„Sanctuary“1:50
18.„Premonition“3:30
19.„Ornithopter“1:54
20.„Sandstorm“2:35
21.„Stillsuits“5:31
22.„My Road Leads into the Desert“3:52
Jami davomiyligi:74:12

Relizi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba: IMDb.com[6]

Mamlakat Premyera sanasi
Fransiya bayrogʻi Fransiya 15-sentabr 2021-yil
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 15-oktabr 2021-yil
AQSH bayrogʻi AQSh 22-oktabr 2021-yil
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 2-dekabr 2021-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Dune (12A)“. BBFC. Qaraldi: 21-oktabr 2021.
  2. „Bart & Fleming: While WGA, CAA & WME Fight In Court, Streamers Rewrite Movie Paydays; Will Legendary Challenge WarnerMedia Over 'Dune' & Godzilla Vs. Kong' HBO Max Move?“. Deadline Hollywood (7-dekabr 2020). Qaraldi: 7-dekabr 2020.
  3. Dune. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 26-sentabr 2021.
  4. „Dune (2021) - The Numbers“. The Numbers. Qaraldi: 26-sentabr 2021.
  5. „'Dune' (2021) on Rotten Tomatoes“. Rotten Tomatoes (3-sentabr 2021). Qaraldi: 24-oktabr 2021.
  6. „IMDb International Release Dates“. IMDb (2-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]