Kontent qismiga oʻtish

Dumsiz amfibiyalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dumsiz amfibiyalar (Salientia, Ecaudata, Anura) — amfibiyalar sin-fining bir turkumi. 2500 turi maʼlum. Keng tarqalgan, amfibiyalarning eng yuqori tuzilgan guruhi. Tuzilishi baqaga oʻxshaydi. Tanasi kalta, yapaloq va keng; dumsiz, oyoklari yaxshi rivojlangan, orqa oyogʻi oldingisiga nisbatan ancha uzun boʻlib, sakrab yurishga moslashgan. Itbaligʻida dastlab orqa oyoklari, keyin oldingi oyoklari paydo boʻladi. Boʻyni juda qisqaligidan boshi tanasidan yaqqol ajralib turmaydi. D. a., asosan, xasharotlar bilan oziqlanadi. Tuxumi (uvildirigʻi) suvda urugʻlanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan itbaligʻi jabra orqali nafas oladi, suvda yashashga moslashgan. Umurtqalarining tuzilishidagi tafovutlarga qarab D. a. 6 ta kenja turkumga boʻlinadi: 1) birlamchi dumlilar — juda qadimgi D.a. boʻlib, hozir qirilib ketgan, qoldiqlari qazilma holida uchraydi; 2) sill iqoyoq baqalar; 3) uvilloq baqalar — pipalar, pixli baqalar va b.; 4) sassiq baqalar, 5) qurbaqalar — baqaqurulloqlar, qisqaboshli baqalar va b; 6) baqalar — tor ogʻizli va kurak oyoqli baqalar va b. D. a.ning tipik vakillari baqa va qurbaqatr. Oʻzbekistonda yashil qurbaqa va koʻl baqasi tarqalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil