Dumpalma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Dumpalma
Dum palm us.JPG
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Dumpalma (Hyphaene) — palmadoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. 30 dan ortiq turi bor, ayniqsa, Afrikada, MARda koʻp tarqalgan. Shoxshabbasi keng yoyilgan. Barglari shoxlarining uchida yelpigʻichsimon joylashgan. Toʻpguli kuchalasimon, gullari ayrim jinsli, sargʻish yoki qizil. Mevasi danakli, eti yumshoq, shirin. D.ning mashhur turlari: asl dum-palma (N. thebaica) va dasht dum-palmasi (N. coriacea). Asl D. Misrning daryo sohillaridagi oʻrmonlarda, dasht D.si esa Sharqiy Afrika savannalarida, Madagaskar orolida oʻsadi, ular tropik mamlakatlarda koʻplab ekiladi. Bargidan savat, boʻyra va chipta toʻqiladi hamda toʻshaklarga solinadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil