Duk-Duk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gazel yarim orolida Duk-Duk raqqosalari (Yangi Britaniya, 1913-yil)

Duk-Duk yashirin jamiyat boʻlib, Tinch okeanining janubidagi Papua-Yangi Gvineyaning Bismark arxipelagidagi eng katta orol boʻlgan Britaniyaning Rabaul hududidagi Tolay xalq anʼanaviy madaniyatining bir qismidir.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joachim von Pfeil tomonidan olingan Duk-Duk raqsi rasmi, 1899-yilda nashr etilgan

Bu jamiyat diniy va siyosiy hamda ijtimoiy maqsadlarga ega. U oʻzining boshqaruv ruhlari orqali qonun va tartibni ifodalaydi. Ritual raqslarda jamiyat aʼzolari raqqosaning qaysi niqob kiyishiga qarab erkak ruhi duk-duk va ayol ruhi tubuanni chaqiradilar[1]. Baʼzi raqslarda ayol rolida chiqishsa ham, raqqoslarning doim erkaklar boʻladi[1]. Ayollar va bolalarga bu narsalarda ishtirok etishi taqiqlangan[2]. Ikkala turdagi niqob ham konus shaklida boʻlib, qamish va toladan tayyorlangan. Anʼanaga koʻra, duk-duk tubuandan balandroq va yuzsiz boʻladi. Tubuanning dumaloq koʻzlari va qoraga boʻyalgan yarim oy shaklidagi ogʻzi boʻladi. Niqobga qoʻshimcha ravishda barglar raqqosalarning tanasini qoplaydi. Shunda raqqosning faqat oyoqlari koʻrinadi[1].

Duk-dukga faqat erkaklar kirishi mumkin boʻlgan. Kirish toʻlovi bilan amalga oshirilgan.

Jamiyatning oʻziga xos yashirin belgilari va marosimlari, begonalar uchun yopiq boʻlgan bayramlari boʻlgan. Duk-duk faqat toʻlin oy chiqqanda uyushtirilgan.

Adolatsizlik kuzatilsa, jarimalar undirish, tabular, ziyofatlar, soliqlar undirish amalga oshirilgan. Qabiladagi barcha masalalari Duk-duk aʼzolari tomonidan uyushtirilgan. Jazolarni amalga oshirishda ularga uylarni yoqish va hatto odamlarni oʻldirishga ruxsat berilgan. Tubuan niqoblarini kiygan raqqosalar hukmi va xatti-harakatlari shubha ostiga olinmaydigan ilohiy mavjudotlar deb hisoblangan[3].

Jamiyat XX asrning boshlarida yoʻq boʻlib ketgan. Ammo Duk-duk raqqoslari hozirda sayyohlarga raqs namoyish etishadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 D'Alleva, Anne. Arts of the Pacific Islands. New Haven: Yale University Press, 1998. ISBN 978-0-300-16412-1. 
  2. „Christmas, Costumes and Ceremonies“. Auckland Museum Blog. Qaraldi: 20-mart 2014-yil.
  3. Salisbury, Richard Frank. Vunamami: Economic Transformation in a Traditional Society. Los Angeles: University of California Press, 1970. ISBN 9780520016477. 
  • Salisbury, Richard Frank (1970).