Duguylan harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Duguylan harakati (moʻgʻulcha du-guylan — toʻgarak) — 19-asrning 2-yarmi — 20-asrning boshida moʻgʻul aratlarining Ichki Moʻgʻuliston (Xitoy) va 1903—05-yillarda Tashqi Moʻgʻulistondagi demokratik ozodlik harakati. Bironbir masalani muhokama etish chogʻida harakat qatnashchilari tenglik belgisi sifatida aylana boʻlib oʻtirib, har bir kishini fikr-mulohazasini eshitgach, hujjatga aylana boʻylab imzo chekishgan. Taypin qoʻzgʻoloni (1851—64) taʼsirida yuzaga kelgan. D. h. keng koʻlamga yoyilib Ichki Moʻgʻulistonning koʻp qismini qamrab olgan. 10 mingdan ortiq xonadonni oʻz safiga birlashtirib, ommaviy qoʻzgʻolonchilar harakatiga aylangan Ordosning Ushen, Otok va b. rayonlarida duguylanlar 3-yil (1905—08) davomida xalq hokimiyatining organi — xalq kengashlari (xitoycha guyxuy) hisoblanganlar. Ular mansabdan chetlashtirish, majburiyatlarni bekor qilish, soliklarni yigʻish, sud qilish, mansabdor shaxslarni tayinlash va b. bilan shugʻullanishgan. D. h. manjur-xitoy qoʻshinlari tomonidan bos-tirilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil