Kontent qismiga oʻtish

Dugga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dugga — Tunisdagi qad. Meʼmoriy yodgorliklar saqlangan shahar, mil. av. 4-asrda finikiyaliklar shahri nomi bilan mashhur boʻlgan. Mil. av. 2-asrda yuksak darajada rivojlanib, hashamatli shahar devorlari harobalari, Ateban maqbarasi (mil. av. 200 y., meʼmori karfagenlik Abarish; murabba tarxli, bal. 21 m.ga yaqin, 3 qatlamli minora tepasi piramidasimon shaklda tugallangan), Rim hukmronligi davri (mil. av. 46 y.)da esa kapitoliy forumi harobalari, Litsiniy termi (mil. av. 260 y., 370 yilda qayta qurilgan; koshin bilan bezatilgan), 3 ming tomoshabinga moʻljallangan teatr (mil. av. 168—169 y., diametri 63 m), sirk (mil. av. 224 y.), Sever Septimiy (mil. av. 205 y.) va Sever Aleksandr (mil. av. 226 y.) zafar arki, turar joy, qubbasimon sistern, Tanit (yoki yunonliklar) ibodatxonasi (mil. av. 222—223 yillar), puniyaliklar anʼanalari asosida qurilgan binolar saqlangan. D.dagi qurilishlarda asosan toshdan foydalanilgan, koʻp qismi haykal va koshin bilan bezatilgan. Hozir D.da Bardo milliy muzeyi tashkil etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil