Dubrovnik respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dubrovnik respublikasi — oʻrta asrlarda muhim rol oʻynagan aristokratik shahar respublikasi. Adriatika dengiz sohilida joylashgan. Dubrovnik sh. (respublika markazi)ni, Dalmatsiyaning sohil boʻyi qismini, Mlet, Lastovo o.lari va b.ni oʻz ichiga olgan. D. r. Vizantiya (1205 y.gacha), Venetsiya (1358 y.gacha), Vengriya (1526 y.gacha), Turkiya (19-a.boshlarigacha)ning vassali boʻlsada, amalda 13-a.ning 2-yarmidan mustaqil boʻlgan. 1806 y.da D. r.ni Fransiya bosib olib, respublikani bekor qilgan (1808 y.), hududini Illirii viloyatlari tarkibiga kiritgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil