Druza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Druza (nem. Druse) — kristallar guruhidan iborat minerallar shakli, bunda kristallar bir uchi bilan umumiy asosga (ochilib qolgan yoriqyoki boʻshliq devoriga) taqalib oʻsadi. Ularning erkin qolgan ikkinchi uchi togʻ jinslari boʻshliklariga yoʻnalgan, yuzasi yaxshi qirralangan boʻladi. Kvars, ametist (safsar), kalsit, gips, antimonit minerallari koʻpincha D. hosil qiladi. D.larning taroqsimon va choʻtkasimon xillari maʼlum.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil