Drezden kartinalar galereyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Drezden kartinalar galereyasi — rangtasvir asarlari toʻplangan jahonning yirik muzeylaridan. Drezden sh. (Germaniya)da. 1560 y.da saroy toʻplami tarzida asos solingan. 1722 y.da kengaytirilib, omma uchun ochilgan, maxsus qurilgan (1847—56) binoda joylashgan. Ikkinchi jahon urushi davrida muzey binosi vayron boʻlgan, sanʼat asarlarining bir qismi shikastlangan. 1956 y.da muzey qayta tiklangan binosida ishga tushiriddi. D. k. g .da nodir sanʼat asarlarining asl nusxalari, keksa sanʼatkorlardan Ya. van Eyk, Jorjone, Rafael, Titsian, Korrejo, Veroneze, A. Dyurer, P. P. Rubens, Rembrandt, D. Velaskes, N. Pussen va b., 19—20-asrlardagi badiiy maktablar namoyandalari asarlari va b. nodir badiiy buyumlar sakdanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil