Drenaj mashinalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Drenaj mashinalari - qishloq xoʻjaligida ekin maydonlarining holatini yaxshilash maqsadida sizot suvlari sathini pasaytirish, ularni toʻplash, yaʼni ochiq zovurlar qazish va drenlar yotqizish (drenaj qurish) uchun foydalaniladigan mashinalar. Doimiy va muvaqqat drenaj qurish mashinalariga boʻlinadi. Doimiy drenaj qurish mashinalari vazifasiga qarab eni ka-mida 0,5 m li xandaq (transheya) qazib, ketidan drenaj (sopol) quvur yotqizadigan; eni 0,1—0,4 m li tor xandaq qazib, bir yoʻla sopol (diametri 100 mm) yoki plastmassa (diametri 75 mm gacha) quvurlar yotqizadigan; tuproqni tilib, eni 0,2 m gacha boʻlgan tir-qish tubiga plastmassa quvurlar yotqi-zadigan xillarga boʻlinadi. D. m. yer qazib, xandaq ochuvchi (zanjirli koʻp choʻmichli, rotorkurakli, shnekli, zanjir-kurakli) yoki tilib tirqish ochuvchi (pichokli) ish organi va xandaq (tirqish) tubiga drenaj quvurlar yotqizuvchi moslamadan iborat. Xandaq chuqurligi ogʻir qumoq yerda 0,8— 1 m, oʻrtacha aralash tuprokli yerda 1,0— 1,2 m va torfli yerda 1,5—1,8 m qaziladi. Quvurlarni uzunasiga zarur nishablikda yotqizish uchun D. m. xandaq ochuvchi ish organlarini boshqaruvchi nishablik avtomati bilan jihozlanadi. Muvaqqat drenaj kuri sh mashinalari sizot suvli ogʻir qumoq yerlarda 0,7—1,5 m chuqurlikda drenaj tuynuk yoki torfli yerlarda 1,2—1,5 m chuqurlikda drenaj tirqishlar yasaydi. D. m. traktorning orqasiga osiladigan pichoq va drendan iborat. Bosim ostida suv yuborib, drenaj quvurlarni choʻkindilardan tozalaydigan mashinalar ham D. m. turkumiga kiradi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil