Kontent qismiga oʻtish

Draginja Vuksanović-Stanković

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Draginja Vuksanović
Драгиња Вуксановић

Draginja Vuksanović 2018-yilda
Parlament aʼzosi
Mansab davri
14-oktyabr 2012-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-aprel 1978-yil (1978-04-07) (46 yosh)
Bar, Chernogoriya Sotsialistik Respublikasi
Siyosiy partiyasi Sotsial-demokratik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Ivica Stanković
Alma mater Montenegro universiteti
Vebsayti mojapredsjednica.me

Draginja Vuksanović-Stanković (serb kirillcha: Драгиња Вуксановић-Станковић; 1978-yil 7-aprelda tugʻilgan) – chernogoriyalik huquqshunos, siyosatchi va Chernogoriya universiteti (Montenegro universiteti) ning huquq professori. U parlamentning sobiq aʼzosi va Sotsial-demokratik partiyaning sobiq prezidenti. 2018-yilgi prezidentlik saylovida Draginja Vuksanović mamlakat tarixidagi birinchi prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻygan ayol boʻlgan, shuningdek, 2023-yilgi prezidentlik saylovi jarayonlarida ham ishtirok etgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Draginja Vuksanović Chernogoriya Sotsialistik Respublikasining Bar shahrida, 1978-yil 7-aprelda tugʻilgan.

Draginja Vuksanović 2000-yilda Chernogoriya universitetining huquq fakultetini tamomlagan va 2005-yilda magistr, 2011-yilda esa ayni shu universitetda doktorlik darajasini olgan. Chernogoriya universitetining huquq fakulteti va dramatik sanʼat fakultetida professor boʻlib ishlaydi. Draginja Vuksanović fransuz va ingliz tillarida erkin suhbatlashadi, shuningdek, italyan va ispan tillaridan ham xabardor.

Draginja Vuksanovićning soʻzlariga koʻra, uning onasi Serbiyaning Pojega shahridan kelgan serblardandir[1].

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Draginja Vuksanović Chernogoriya Sotsial-demokratik partiyasi (SDP) aʼzosi va 2012-yildan buyon Chernogoriya parlamenti aʼzosi hisoblanadi[2]. 2018-yil mart oyida Draginja Vuksanović boʻlajak prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini qoʻyishini eʼlon qilgan. U Chernogoriya tarixidagi birinchi prezidentlikka oʻz nomzodligini qoʻygan ayol boʻlgan. Uning nomzodligi Sotsial-demokratik partiya tomonidan koʻrsatilgan va DEMOS tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Draginja Vuksanović saylovda 8,2 foiz ovoz olib, uchinchi oʻrinni egallagan.

2019-yil 29-iyun kuni Draginja Vuksanović Sotsial-demokratik partiya prezidenti etib saylangan va u oʻsha paytdagi Chernogoriya siyosiy partiyasining yagona ayol prezidentiga aylangan. Draginja Vuksanović 2020-yilgi parlament saylovlarida kuzatilgan yomon natijalardan soʻng isteʼfoga chiqqan[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]