Doza (tibbiyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Doza (yun. dosis — porsiya, boʻlak, ulush; berish) — 1)tibbiyotda — dori (preparat)ning muayyan miqdori. D.ni vrach bemorning yoshiga, organizmning individual xususiyatlariga, shuningdek, kasallikning xiliga va kanday oʻtayotganiga qarab aniklaydi. D. dorini organizmga kiritish usuliga ham bogʻliq. Bir mahal ichishga moʻljallangani gallik D., bir kecha-kunduzga moʻljallangani sutkalik D. deb ataladi. Gallik va sutkalik D. farmakopeya tomonidan belgilab qoʻyilgan. Lekin baʼzan ogʻir kasalliklar (mas, yuqumli kasalliklar)ning rivojlanishini tez toʻxtatish uchun vrach dorini gallik D.dan ortiq (zarb) D.da buyurishi ham mumkin. Suyuq dorilar dozasi qoshiq (osh qoshiq — 15 ml, desert qoshiq — 7,5 ml, choy qoshiq — 5 ml) va tomchilar hisobida, quruq dorilar gramm hisobida koʻrsatiladi. Gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar va ayrim boshqa dorilar uchun maʼlum taʼsir birlik (TB) qabul qilingan; 2) fizikada ionlovchi nurlanish D.si — moddaning massa birligiga uzatish uchun moʻljallangan ionlovchi nurlanish (u- va rentgen nurlar, elektronlar, protonlar, neytronlar, a-zarralar va h.k.) energiyasi. Moddaning massa birligi tomonidan yutilgan energiya yutilish D.si deyiladi. Xalqaro birliklar tizimi SI da yutilish D.si J/kg da; tizimga kirmagan birligi rad (1 rad = Yu-2 J/kg)da oʻlchanadi. u- va rentgen nurlanishning ionlash harakteristikasiga ekspozitsion D. deyiladi. Bunday D. havoning massa birligida hosil boʻlgan bir xil ishorali elektr zaryadlari soni bilan aniklanadi. Ekspozitsion D.ning SI dagi birligi Kl/kg va tizimga kirmagan birligi rentgen. Nurlanish D. si organizmga zararli taʼsir etadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil