Kontent qismiga oʻtish

Doyche bank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doyche bank
nemischa: Deutsche Bank
Asosiy maʼlumotlar
Turi AJ
Faoliyati Bank ishi
Birja listingi FWBDBKGN
NYSE: DB
Asos solingan 10-mart 1870-yil
Boyligi
Kapitali 64 486 000 000[2]
Aktivlari 1 312 331 000 000[2]
Sof foydasi 4 772 000 000[2]
Auditor KPMG
Sayti deutsche-bank.de
Doyche bank

Doyche bank (Deutsche Bank), Nemis banki — GFRdagi aksiyadorlik banklar konserni, jahondagi eng yirik 10 ta bank qatoriga kiradi. Bosh idorasi Frankfurt-Maynda joylashgan. 1870-yilda Berlinda tashkil etilgan, aksiyadorlik kapitali 15 mln. marka boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1947-yilda D.b. filiallari negizida Gʻarb mamlakatlari yordami bilan 10 mintaqaviy voris banklar tashkil etilgan. 1957-yilda bu banklar yagona bank boʻlib birlashtirildi. Bank Germaniya va chet ellarda yuridik va jismoniy shaxslardan iborat mijozlariga universal banklarga xos jami xizmatlarni (kreditlar berish, depozitlarni saqlash, qimmatli qogʻozlar savdosi, loyihalarni moliyalash, sugʻurtalash, maslahat xizmatlari va b.) koʻrsatadi. 2494 boʻlimi, shu jumladan chet ellarda jahon moliya markazlarida ochilgan 803 boʻlimi bor. Shulardan 550 tasi Yevropa mamlakatlarida joylashgan. 286 ming aksiyador bank mulkdori hisoblanadi, ustav kapitalida xususiy shaxslar hissasi — 38% yoki 2,5 mlrd. nemis markasi (1970-yilda 640 mln. marka). Balans summasi 722 mlrd. marka, oʻz kapitali 39,9 mlrd. nemis markasi (1995). Balans miqdorining yarmidan kupi chet ellarda joylashtirilgan. D.b.ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Toshkent sh.da 1994-yil 2 fevral da ochilgan.

  1. „Financial Data Supplement Q4 2020“ (en). Deutsche Bank (2021-yil 12-mart). 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 (unspecified title)
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil