Kontent qismiga oʻtish

Douglas Augusto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Douglas Augusto
2020-yil Duglas Augusto PAOK jamoasi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Douglas Augusto Soares Gomes
Tavallud sanasi 13-yanvar 1997-yil (1997-01-13) (27 yosh)
Tavallud joyi Rio-de-Janeyro, Braziliya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nantes
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004–2015 Fluminense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015–2018 Fluminense 53 (3)
2018–2019 Corinthians 15 (1)
2019Bahia (ijara) 7 (0)
2019–2023 PAOK 89 (10)
2023– Nantes 24 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Braziliya U20 3 (0)
2019 Braziliya U23 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 20-aprel uchun)

Duglas Augusto Soares Gomes (1997-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik professional futbolchi, Fransiyada „Ligue 1“ musoboqasining „Nantes“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Rio-de-Janeyroda tugʻilgan Duglas 2004-yilda 7 yoshida Fluminense klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[1]. 2015-yil 6-sentyabrda oʻzining Braziliya A Seriyadagi debyutini Flamengog jamoasiga qarshi o'yinda o'tkazgan va jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

Duglas 2016-yilgi mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan va fevral oyida shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan. Douglas oʻzining birinchi golini oʻsha yilning 13-sentyabrida „Atletiko Mineyro“ klubiga qarshi, oʻz bo'lga o'yinda kiritgan va jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan[2]. 2018-yilgi mavsumini „Fluminense“ klubida boshlagan, biroq keyinchalik yozda „Corinthians“ klubiga 1 million yevro evaziga oʻtgan. 2019-yil yanvar oyida Duglas „Corinthians“ tomonidan „EC Bahia“ klubiga ijaraga berilgan va 22 yoshli futbolchi keyinchalik 2019-yilgi Braziliya A Seriya mavsumida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan.

2019-yilning 1-iyulida PAOK klubi „Corinthians“ jamoasidan Duglas Augusto sotib olganini va futbolchi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[3].

2023-yil 13-avgustda Fransiyaning „Nantes“ jamoasi Douglas bilan to'rt yillik shartnoma imzolaganini e'lon qilgan[4][5]

  1. „Douglas renova contrato com o Fluminense - (Duglas Fluminense bilan shartnomasini uzaytirdi)“ (portugalcha). Explosão Tricolor (29-fevral 2016-yil). Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  2. „Com Fred apagado, Magno Alves brilha e Flu bate o Galo de virada por 4 a 2“ [With Fred unlit, Magno Alves shines and Flu defeat Galo in a comeback by 4–2] (pt). Globo Esporte (2016-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  3. „PAOK officially sign Douglas Augusto from Corinthians“ (en). en.onefootball.com (2019-yil 1-iyul).
  4. https://www.sfina.gr/podosfairo/diethni/ntoougklas-aougkousto-ton-parousiase-i-nant-me-entuposiako-binteo-kai-kantona/ Andoza:Bare URL inline
  5. „Douglasning Nantesga o'tishi“ (portugalcha). Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.